Tashkent, June 13 -- Yoz oylarida ovqatdan zaharlanish holatlari keskin ortadi. Issiq havo bakteriyalar ko'payishi uchun ideal muhit yaratgani bois, ayrim mahsulotlarni iste'mol qilishda ehtiyot bo'lish zarur. Bu haqda oziq-ovqat xavfsizligi bo'yicha rossiyalik ekspert Yelena Spetsenko ogohlantirdi.

Mutaxassisning aytishicha, ayniqsa oqsilga boy va tez buziladigan mahsulotlar eng katta xavf ostida: "Mol va parranda go'shti, ayniqsa pishgan kabob yoki kolbasa mahsulotlari bir necha soat quyoshda tursa, ichak tayoqchasi (E. coli) yoki salmonella kabi xavfli bakteriyalarning manbasiga aylanishi mumkin", - deydi Spetsenko.

Shuningdek, u sut mahsulotlari, ayniqsa tvorog, smetana, yogurt va yumshoq pishloqlar haqida ham ogohlantirdi. To'g'ri ...