Tashkent, July 28 -- Hukumat qarori (467-son, 26.07.2025-y.) bilan "Yer qa'rini geologik jihatdan o'rganish bo'yicha ishlarni davlat hisobiga olish tartibi to'g'risida"gi nizom tasdiqlandi.

Nizom yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan O'zbekiston hududida amalga oshirilayotgan yer qa'ri uchastkalarini geologik jihatdan o'rganish ishlari bilan bog'liq jarayonlarni davlat hisobiga olish tartibini belgilaydi.

Yer qa'rini davlat tomonidan geologik jihatdan o'rganish ishlari tizim tashkilotlarining tegishli ma'lumotlarni Yer qa'ridan foydalanish markaziga "Geomonitoring" axborot tizimi orqali buyurtma asosida tegishli ma'lumotlarni kiritish orqali davlat hisobiga olinadi.

Yer qa'ridan foydalanish markazi buyurtma kelib tushgan kundan boshla...