Tashkent, June 12 -- 2-iyun kuni Xorazm viloyat sudining jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'ati taftish instansiyasi appelatsiya shikoyatini ko'rib chiqdi.

Ish materialiga ko'ra, Xorazm viloyatidagi Urganch tumani IIBning migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi xodimi, davlat organi mansabdori M.A. fuqarolarga moddiy manfaat evaziga soxta ID karta va xorijga chiqish biometrik pasportlari rasmiylashtirgani uchun sudlandi. U buni uyushgan jinoiy guruh tarkibida amalga oshirgan.

M.A. lavozim mavqeidan foydalangan holda, avtomatlashtirilgan "Manzil" axborot tizimi va "E-kalit" elektron kaliti orqali pasport-karta tizimiga soxta ma'lumotlarni kiritgan. U biometriya jarayonlarini nazorat qilar ekan, yuzlab shaxslarga tegishli shaxs...