Tashkent, July 30 -- AQSh prezidenti Donald Tramp ukrainalik qochqinlarga Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi tugaguniga qadar AQShda qolishiga ruxsat berishini aytdi. "Biz buni qilamiz. Bizga Ukrainadan ko'plab odamlar keladi va biz ular bilan ishlayapmiz", - dedi Tramp 30-iyul, payshanba kuni Vashingtonda DW muxbirining savoliga javob berar ekan.

2022-yil fevralida Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi boshlanganidan so'ng, Qo'shma Shtatlar Ukraina uchun birlashish (U4U) dasturi doirasida ukrainaliklarga boshpana berishni boshladi. Dastur AQShda homiylari bor ukrainaliklarga mamlakatga kirish imkonini beradi. Iyun oyida Amerikaning Forbes jurnali ushbu dastur doirasida 236 000 dan ortiq homiylik arizalari ma'qullangani va 187 000 dan ort...