Uzbekistan, Sept. 25 -- Toshkent shahridagi Shota Rustaveli ko'chasining Janubiy vokzaldan Yangi Sergeli ko'chasigacha (O'zgarish ko'prigi) bo'lgan qismida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar qildi.
Yo'l 26 sentyabr soat 17:00 dan 29 sentyabr soat 07:00 gacha yopiladi. Tegishli joyda yo'l tamirlash ishlari olib boriladi.
Shu munosabat bilan haydovchilardan safarlarini oldindan rejalashtirishni va aylanma yo'llardan foydalanishni tavsiya etamiz, deyiladi hokimlik xabarida.
Published by HT Digital Content Services with permission from UzReport....