Tashkent, July 25 -- Toshkent shahrida ichimlik suvini hisoblashda yangi raqamli texnologiyalar joriy etilmoqda. Endilikda aholi xonadonlariga "aqlli" suv hisoblagichlari o'rnatiladi.

Eski turdagi hisoblagichlarning ko'rsatkichlarini o'z vaqtida ma'lumotlar bazasiga topshirilmasligi to'lovlarda tushunmovchilik va kechikishlarga sabab bo'layotgan edi.

Yangi smart-hisoblagichlar esa:

- suv iste'moli va bosimini aniqlik bilan o'lchaydi;- nosozliklar va tashqi aralashuvlarni aniqlaydi;- barcha ma'lumotlarni masofadan uzatadi.

Dastlabki sinovlar Shayxontohur tumanining ayrim hududlarida muvaffaqiyatli o'tkazildi. Endilikda eski hisoblagichlarni smart-hisoblagichlarga almashtirish ishlari joriy yilning uchinchi choragidan boshlab belgilanga...