Tashkent, July 22 -- Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati Zomin tumanida qurilayotgan maishiy texnika zavodini ko'zdan kechirdi.

Bu yo'nalish bo'yicha yurtimizda katta salohiyat bor. Davlatimiz rahbari bu sur'atni davom ettirib, milliy brendlar ostida yangi mahsulotlar ishlab chiqarish, O'zbekistonni mintaqaviy "elektrotexnika xabi"ga aylantirish vazifasini qo'ygan.

Zomindagi zavod buning bir qismi bo'ladi.

"Navoiy" maxsus sanoat parkining filiali sifatida tashkil etilgan majmua 80 gektarda joylashgan. Loyihaning umumiy qiymati 150 million dollar. Bu yerda kir yuvish mashinasi, sovutkich, televizor, elektr suv isitkich kabi yiliga 1 million dona maishiy texnika hamda butlovchi qismlar ishlab chiqariladi. 100 turdagi mahsulotlar...