Tashkent, June 19 -- Prezident Shavkat Mirziyoyev Shahrisabz tumanidagi "Hisorak" suv ombori yaqinida barpo etilgan Hisorak kichik gidro elektr stansiyasini ko'zdan kechirdi.

Hisorak suv ombori 1987-yilda qurilgan bo'lib, 2004-yilda kapital rekonstruksiya qilingan. Hududda 2011-yilda ishga tushirilgan quvvati 45 MVt bo'lgan asosiy Hisorak GES ham mavjud bo'lib, yiliga 80 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Bu esa o'rtacha hisobda 33 ming xonadonning yillik elektr energiyasi ehtiyojini qoplaydi.

Mamlakatimizda ekologik toza, arzon va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko'paytirish hamda mavjud quvvatlarni oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. "O'zbekgidroenergo" aksiyadorlik jamiyati tomonidan kichik va mikro...