Tashkent, June 12 -- Biror joyda rasman ishlamaydigan yoki o'qimaydigan, shuningdek, barmoq izini topshirmagan hamda rus tilini o'ranmagan migrantlar Rossiyani tark etishi kerak. Bu haqda Rossiya IIV rahbari Vladimir Kolokolsev aytib o'tdi. Uning murojaati videosi vazirlik rasmiy vakili Irina Volkning telegram-kanalida e'lon qilingan.

Ichki ishlar vazirligi rahbari migrantlar o'rtasidagi jinoyatchilikka qarshi tizimli kurashish, oldini olish uchun ishlashga chaqirgan. Kolokolsev ko'rilgan choralarni aybdorlar uchun jazo muqarrarligini ta'kidlagan holda yoritish kerakligini ta'kidlagan.

Uchinchi zaruriy chora sifatida vazir migratsiya bo'linmalarida navbatlardan xalos bo'lishni aytdi. Hujjatlarni qabul qilish va rasmiylashtirishni o'z va...