Tashkent, July 22 -- Prezident Shavkat Mirziyoyev 21 iyul kuni neft-gaz sohasida xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan ishlar hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi, deya xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, Ozarbayjonning SOCAR kompaniyasi bilan Ustyurtdagi konlarda qidiruv o'tkazib, neft qazib olish bo'yicha kelishuvga erishilgan. Birgalikda istiqbolli maydonlarda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish rejalashtirilgan.

Shuningdek, boshqa xorijiy davlatlar bilan murakkab konlarni o'zlashtirish, sohani raqamlashtirish, talab yuqori bo'lgan mutaxassislarni tayyorlash kabi muhim yo'nalishlarda hamkorlik qilinyapti.

Yig'ilishda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masa...