Tashkent, June 10 -- Ko'ksaroy qarorgohida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radevning rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo'lib o'tdi.

O'zbekiston bilan Bolgariya o'rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko'rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari Bolgariya yetakchisini samimiy qutlab, so'nggi 17-yildagi birinchi sammit tarixiy ahamiyatga ega ekanini, O'zbekiston-Bolgariya do'stlik va sheriklik munosabatlarini sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqishini ta'kidladi.

Parlamentlar, iqtisodiyot va tashqi siyosat idoralari o'rtasidagi hamkorlik faollashgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Tovar ayirboshlash ko'rsatkichlari o'smo...