Tashkent, June 13 -- O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroilning Eronga hujumlari yuzasidan xavotir bildirdi.

Vazirlik barcha tomonlarni to'liq vazminlikka, harbiy harakatlarni darhol to'xtatishga va nizoni siyosiy-diplomatik yo'l bilan hal etishga chaqirmoqda. Shuningdek, mojaroning keskinlik darajasini kamaytirish bo'yicha sa'y-harakatlarga ko'maklashishga tayyorligini bildirgan.

"O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi insonlarning halokatiga va Yaqin Sharqda vaziyatning keskinlashuviga olib kelgan Isroilning Eron Islom Respublikasiga qarshi harbiy amaliyoti yuzasidan chuqur xavotir bildiradi.

Barcha tomonlarni to'liq vazminlikka, harbiy harakatlarni darhol to'xtatishga va nizoni siyosiy-diplomatik yo'l bilan hal etishga...