Uzbekistan, Sept. 30 -- Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Qatar rasmiylaridan poytaxt Dohaga berilgan havo hujumi uchun uzr so'radi. Bu haqda 29-sentabr, dushanba kuni AQSh ma'muriyati Reuters, Amerikaning Axios nashri, Isroilning Ynet axborot portali va Isroilning N12 telekanali xabarlarini tasdiqlagan holda ma'lum qildi.
Netanyaxu Oq uyga tashrifi chog'ida Qatar amiri Tamim bin Hamad Ol Soniyga qo'ng'iroq qilib, 9-sentabr kuni Isroil Mudofaa kuchlari (IDF) tomonidan Dohada Falastin terrorchilik guruhiga uyushtirilgan havo hujumi uchun uzr so'radi.U Qatar suvereniteti poymol qilingani va qatarlik xavfsizlik zobitining o'limidan afsusda ekanligini bildirdi.
Netanyaxu AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvda Qatar amiri bilan ga...