Tashkent, June 9 -- Davlat rahbarining 2023-yil 16-fevraldagi PQ-59-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Navoiy shahrida aholiga sifatli jamoat transporti xizmati ko'rsatishni yo'lga qo'yish bo'yicha tegishli choralar ko'rilmoqda.

1-bosqichda joriy yilning aprel oyida Xitoydan olib kelingan 18 dona zamonaviy avtobuslarning "Navoiy" avtovokzali - viloyat Avtoyo'l boshqarmasi" va Tinchlik qo'rg'oni - "Malika" avtostansiyasi yo'nalishida brutto-shartnoma asosida qatnovi yo'lga qo'yilgan edi.

2-bosqich doirasida kuni kecha viloyatga 42 dona YUTONG avtobuslari olib kelindi.

Mazkur avtobuslar Karmana tumani markazi va Navoiy shahri barcha ko'chalarini qamrab oluvchi yo'nalishlarda harakatlanishi tashkil etiladi.

Published by ...