Tashkent, July 24 -- O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Ozarbayjon yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog'lik, baxt-saodat, O'zbekistonning barqaror taraqqiyoti va ravnaqi yo'lidagi davlatchilik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tiladi.

O'zbekiston Prezidentining shu oy boshida Ozarbayjonga amalga oshirgan tarixiy davlat tashrifining samarali natijalari katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Yetakchilarning bo'lib o'tgan uchrashuvlari va Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig'ilishi yakunida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi O'zbekiston-Ozarbayjon ittifoqchilik mun...