Uzbekistan, Sept. 30 -- Hukumat qarori (610-son, 29.09.2025-y.) bilan "Kam ta'minlangan yoki kambag'al oilalarning vakillari bo'lgan jismoniy shaxslar tomonidan ijtimoiy karta orqali xarid qilingan ayrim turdagi tovarlar (xizmatlar) bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'i summasini qaytarish tartibi to'g'risida"gi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko'ra, ayrim turdagi tovarlar (xizmatlar) ijtimoiy karta orqali xarid qilinganda, soliq summasi oyiga BHMning 10 baravarigacha bo'lgan xaridlar summasi doirasida qaytariladi.
Soliq qo'mitasi avtomatlashtirilgan dastur orqali aniqlangan soliq summasi bo'yicha buyurtmani ijtimoiy kartadan to'lovlar amalga oshirilgan kunda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.
Iqtisodiyot va moliya vaz...