Tashkent, June 13 -- Eron poytaxtida minglab aholi ko'chalarga chiqib, mamlakat rahbariyatidan Isroilning bugungi hujumlariga javob berishni talab qildi. Bu haqda jahon ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.

Ma'lum qilishicha, minglab eronliklar Tehron va mamlakatning boshqa shaharlarida ko'chalarga chiqqan. Ular qo'llarida o'z davlat bayroqlarini ko'tarib, Isroilga qarshi shiorlar aytishdi hamda hukumatdan SAXAL harakatlariga qat'iy javob berishni talab qilishdi. Tehronda namoyishchilar Enqelob maydonida to'planishdi.

Aksiyada butun oilalar ishtirok etgan. Mitingdan so'ng namoyishchilar Tehron universiteti tomon yo'l olishgan. Universitetning maydonida an'anaga ko'ra juma namozi o'qilgan. Yo'l davomida ular Isroilga qarshi shiorlar...