Tashkent, June 21 -- O'zbekiston milliy terma jamoasi va Rimning "Roma" klubi hujumchisi Eldor Shomurodov yozgi transferlar vaqtida jamoasini o'zgartirishi mumkin. Unga Fransiyaning "Renn" klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Footmercato" nashri xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Shomurodovga "Renn" klubidan qiziqish bor. Klub sport direktori Luika Dezire 29 yoshli hujumchi borasida rimliklarga so'rov yuborgan.
Ma'lumot uchun, Shomurodov o'tgan mavsum "Roma" safida 37 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "Transfermarkt"dagi narxi 5 million yevroga baholanmoqda.
Published by HT Digital Content Services with permission from UzReport....
Click here to read full article from source
To read the full article or to get the complete feed from this publication, please
Contact Us.