Uzbekistan, Sept. 30 -- "Iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik ma'lumotlardan foydalanishni kengaytirish va qishloq xo'jaligi quyi bo'g'inida boshqaruv tizimini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Prezident Farmoni (PF-177-son, 26.09.2025-y.) qabul qilindi.

Farmonga ko'ra, 2026-yil 1-yanvardan Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi (Agentlik) tomonidan quyidagi holatlarni aniqlash maqsadida yiliga kamida 3 marta davlat kosmik monitoringi o'tkaziladi:

- geologiya sohasida - yer qa'ridan o'zboshimchalik bilan foydalanish, shu jumladan, ruxsatnomada ko'rsatilgan hududdan tashqariga chiqish;

- yer munosabatlari sohasida - yer uchastkalarini o'zboshimchalik bilan egallab olish hamda ularda bino va inshoot...