Tashkent, July 18 -- Avval xabar berginimizdek, 5-8-iyun kunlari qadimiy Buxoro shahrida yaxshi bir an'anaga aylanib ulgurgan "Ipak va ziravorlar" festivali bo'lib o'tdi. Ushbu qiziqarli tadbirni yanada mazmunli qilish uchun Turizm davlat qo'mitasi tomonidan OAV vakillari va blogerlar uchun press-turlar ham tashkil etildi. Bunday ajoyib sayyohatlardan biri amir Olimxonning yozgi qarorgohiga tashkil etildi.

Demak, professional gid tomonidan berilgan ma'lumotlarga ko'ra, saroy 1911-1918-yillar oralig'ida qurilgan. Bunday chiroyli obyektni yaratish ustida 400 dan ortiq usta va arxitektorlar ish olib borgan. Ulardan 4 nafari Rossiyada tahsil olib qaytib kelishgan ekan. Shu bois, binolarning ko'rinishida aynan bu mamlakatga hos dizayn sezilib t...