Tashkent, July 18 -- Ukraina Yevropa Ittifoqining yangi byudjetining taxminan 20 foizini oladi, dedi Vengriyaning Yevropa ishlari bo'yicha vaziri Yanosh Boka 18-iyul, juma kuni Bryusseldagi YeI kengashi yig'ilishi oldidan DW muxbiri bilan suhbatda. Uning so'zlariga ko'ra, rasmiy Budapesht Yevrokomissiyaning 2028-2034 yillarga mo'ljallangan yangi byudjet bo'yicha taklifini o'rganib chiqib, shunday xulosaga kelgan.

"Biz dastlabki tahlilni o'tkazdik va bu taklifga binoan Ukraina nafaqat Ukraina jamg'armasidan mablag' oladi, balki to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita ushbu yetti yillik davr uchun Yevropa Ittifoqi byudjetining taxminan 20 foizini oladi, degan xulosaga keldik. Bu shuni anglatadiki, byudjetdagi har beshinchi yevro to'g'ridan-to'g'...