Tashkent, July 29 -- Hukumat qarori (440-son, 14.07.2025-y.) bilan "Bolalarga nisbatan zo'ravonlik holatlarini aniqlash, zo'ravonlik xavfi darajasini baholash, himoya qilish rejasini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish tartibi to'g'risida"gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko'ra, zo'ravonlikdan jabrlangan yoxud o'ziga nisbatan zo'ravonlik sodir etilishi xavfi ostida bo'lgan bolalar bevosita o'zlari yoxud qonuniy vakillari "Inson" markazlari, ichki ishlar organlari va boshqa mas'ul organlarga murojaat qiladi.

"Inson" markazlari ichki ishlar organlari ishtirokida bolaning hayotiy vaziyatini 1 kun muddatda o'rganadi.

Bunda "Inson" markazi bolaning hayoti yoki sog'lig'iga tahdid soluvchi omillarni dastlabki baholashdan o'tkazadi hamda xavf...