Tashkent, Feb. 2 -- Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan Aviator savdo-ko'ngilochar majmuasida sodir bo'lgan yong'in holati yuzasidan jinoiy ish qo'zg'atildi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma&700;lum qildi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o'z vakolatlarini suiiste&700;mol qilish) va 259-moddasi (yong'in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Eslatib o'tamiz, yong'in 31 yanvar kuni tushdan keyin savdo markazining ikkinchi qavatida yuz bergandi. U yerda Pixel nomli bolalar maydonchasi va bir qator umumiy ovqatlanish shoxobchalari joylashgan bo'lgan. Biri...