Uzbekistan, Sept. 25 -- Asaka Motors International (O'zbekiston) va "Rosatom" (Rossiya) yonilg'i divizioni litiy-ion akkumulyator batareyalari hamda energiya saqlash tizimlarini ishlab chiqarish sohasida hamkorlik qilish to'g'risida kelishuv imzoladi, deb xabar berdi "Rosatom" matbuot xizmati.

Hujjat 25 sentyabr kuni Moskvadagi Butunjahon atom haftaligi doirasida imzolangan.

Tomonlar O'zbekistonda elektromobillar va statsionar energiya saqlash tizimlari uchun tortuv akkumulyatorlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihasini yaratadi.

Yig'uv liniyasi quvvatlarini aniqlash, butlovchi qismlarni mahalliylashtirish dasturini ishlab chiqish, salohiyatli buyurtmachilarni aniqlash, mahsulotlarni Markaziy Osiyo mamlakatlari va boshqa xa...