Tashkent, June 13 -- AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron o'zining yadroviy dasturi bo'yicha shartnoma imzolashi lozimligi, aks holda yanada vayronkor va halokatli harbiy harakatlarga duch kelishini aytdi. Bu haqda u o'zining Truth Social ijtimoiy tarmog'ida yozib qoldirdi.

Oq uy rahbarining so'zlariga ko'ra, Eron shartnoma tuzishi kerak, aks holda unda hech narsa qolmaydi.

Uning aytishicha, Eronga ko'p bor harbiy harakatlar bo'ladi degan ogohlantirishlar berilgan bo'lsa-da, ular kelishuvga rozilik bildirmagan. Bu harbiy harakatlar, "ular biladigan, kutadigan yoki eshitgan hamma narsadan ancha yomon bo'lgan".

Prezident AQSH harbiy harakatlarda ishtirok etadimi yoki yo'qmi, aniqlik kiritmagan. Biroq u Isroilni Eronga qarshi foydalanish uch...