Tashkent, June 11 -- "Farhod Challenge Strongmen Festival"ining yakuniy bosqichi tom ma'noda tomoshabinlar va sportchilar uchun ham unutilmas bo'ldi.

Yakuniy bellashuvlar ikki noyob sinov asosida tashkil etildi. Birinchi shart- 162 kilogrammli qopni davra atrofida ko'tarib yurish. Bu sinovda 2 ishtirokchidan iborat guruhlar og'ir qopni bag'riga bosib, imkon qadar uzoq masofaga yurgan holda bellashdilar. Har bir sportchining yurish davomiyligi va bosib o'tgan masofasi aniq o'lchovlar bilan hisoblab borildi. Musobaqa nafaqat jismoniy zo'riqish, balki kuchni to'g'ri taqsimlay olish, muvozanatni ushlash va nafasni nazorat qilish qobiliyatini ham sinovdan o'tkazdi.

Keyingi shart- "Pole Push": hovuzda ustun itarish musobaqasi bo'ldi. Unda eng...